2025-yil 19-dekabr kuni “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha davlat idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
2025-12-24 15:00:00 / Yangiliklar
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha Davlat idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi “O‘zaviatsiya” agentligi direktori raisligida o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida fuqaro aviatsiyasida aviatsiya xavfsizligini ta’minlash holati, amalda qo‘llanilayotgan choralar samaradorligi, shuningdek mavjud xavf va tahdidlarni kamaytirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, fuqaro aviatsiyasi tashkilotlarida aviatsiya xavfsizligi choralarini kuchaytirish, idoralararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, normativ-huquqiy bazani xalqaro standartlar va tavsiya etilgan amaliyotga muvofiq takomillashtirish, shuningdek fuqaro aviatsiyasi tashkilotlari xodimlarining aviatsiya xavfsizligi sohasidagi kasbiy tayyorgarligi darajasini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.
Aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha Davlat idoralararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tegishli vazirlik va idoralar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqaro aviatsiyasi tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etdi.



