O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni
2025-12-10 14:55:00 / Yangiliklar
“O‘zaviatsiya” agentligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan siyosiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar madhiyaning mamlakatimiz mustaqilligi, milliy o‘zlikni anglash hamda Vatanga muhabbat tuyg‘ularini ifodalovchi ulkan ma’naviy qadriyat ekanini alohida ta’kidladilar. Shuningdek, davlat ramzlarini e’zozlash va ular orqali yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani qayd etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan sana har yili “O‘zaviatsiya” agentligida doimiy ravishda nishonlanadi. Ushbu an’ana jamoada birdamlik va yuksak vatanparvarlik kayfiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.



