“Istiqbolli xotin-qiz kadrlar” maxsus dasturi doirasida tashkil etilgan malaka oshirish dasturi yakunlandi
2025-09-26 12:00:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Sport vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar orasidan salohiyatli va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Istiqbolli xotin-qiz kadrlar” maxsus loyihasi doirasidagi qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yakunlandi.
Unda Sport vaziri Adkham Ikramov hamda Akademiya rektori Jasur Salixov ishtirok etdi hamda malaka oshirish kursini yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar topshirishdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur dastur O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi 95-son Farmoni ijrosini sifatli ta'minlash, davlat fuqarolik xizmatida xotin-qizlarning ulushini 2030 yilgacha 40 foizga yetkazish, davlat fuqarolik xizmatida yuqori turuvchi lavozimlarga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish bo‘yicha zarur shart-sharoitlar yaratish hamda milliy kadrlar zaxirasida xotin-qizlar ulushini oshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz mazkur dasturga muvofiq, vazirlik tizimidagi 18 262 nafar xotin-qiz kadrlar orasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmasi boshliqlarining tavsiyasiga asosan, 10 nafardan jami 140 nafar salohiyatli xotin-qizlar jalb etilib, dastlab o‘tkazilgan test sinovlari va suhbat natijalaridan kelib chiqib, joriy yilning 22-26 – sentabr kunlari 30 nafar nomzodlar Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasiga qisqa muddatli malaka oshirish kursariga jalb etilgan edi.









