"FIVB Volleyball Boys’ U19 World Championship" jahon chempionati boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi
2025-07-23 09:00:00 / Yangiliklar

Ilk bor O‘zbekiston mezbonligida o‘tadigan sportning voleybol turi bo‘yicha "FIVB Volleyball Boys’ U19 World Championship" jahon chempionati boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Ayni damda musobaqa A guruhida bahsga boradigan Amerika, Finlandiya, B guruhida bellashuv olib boradigan Kuba jamoalari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport majmuasida tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Qizg‘in bahs va bellashuvlarga boy o‘tadigan musobaqa jarayonlariga 2025-yilning 24-iyul sanasidan start beriladi.









