Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan U-16 va U-19 yosh toifalaridagi voleybol musobaqalari tashkil etildi
2025-06-16 13:00:00 / Press-relizlar

PRESS-RELIZ
2025 yil 9–16 iyun kunlari Toshkent shahridagi Jar sport sog‘lomlashtirish markazi yana bir bor yirik xalqaro sport tadbiriga mezbonlik qildi. Markaziy Osiyo Voleybol Assotsiatsiyasi (CAVA) tomonidan tashkil etilgan U-16 va U-19 yosh toifalaridagi voleybol musobaqalari bugun o‘z yakuniga yetdi. Mazkur musobaqa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda sportga, ayniqsa yoshlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilayotgan izchil islohotlarning amaliy natijasi sifatida o‘tkazildi. Musobaqa yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularni xalqaro maydonga olib chiqish yo‘lida muhim omil bo‘ldi. Musobaqada 5 ta davlat – Eron, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari qatnashdi. Har ikki toifada jami 130 nafardan ortiq sportchilar ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi bu yil har ikki yosh toifasida ikki tadan jamoa bilan (U-16 va U-19) ishtirok etdi. Bu esa mamlakatimizdagi sport infratuzilmasi va murabbiylik maktabining yuqori darajada ekanidan dalolat beradi. Musobaqalar olimpicheski yani aylanma uchrashuvlari tarzida tashkil etilib, barcha o‘yinlar Jar sport markazining xalqaro talablar darajasidagi maydonlarida bo‘lib o‘tdi.
U-16
1-o’rin Eron termajaomasi
2-o’rin Qozog’iston termajaomasi
3-o’rin O’zbekiston termajaomasi
U-19
1-o’rin _______________ termajaomasi
2-o’rin __________________termajaomasi
3-o’rin Hindiston termajaomasi
Yuqoridagi nominatsiyalar musobaqaning yuksak saviyada tashkil etilganidan dalolat bo‘lib, yosh sportchilarga katta ruhiy ko‘tarinkilik ulashdi. Yopilish marosimida CAVA rasmiylari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi, xorijiy mehmonlar, sport tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari hamda sportchilar ishtirok etdilar. Tantanali nutqlarda musobaqaning yoshlar o‘rtasida sport madaniyatini rivojlantirish, mintaqaviy hamkorlik va do‘stlik aloqalarini mustahkamlashdagi o‘rni alohida ta’kidlandi. CAVA U-16 va U-19 musobaqalari nafaqat sportiy raqobat, balki do‘stlik, madaniy almashinuv va mintaqaviy birdamlik ruhi bilan o‘tdi. Musobaqa yurtimizda sportni rivojlantirish yo‘lida yana bir muhim bosqich bo‘ldi. “Yangi O‘zbekiston – sportchilar yurti” tamoyili ostida sport sohasidagi ilg‘or tajribalar amalda o‘z ifodasini topmoqda.
Voleybol federatsiyasi
Matbuot xizmati
+9998941508002
N.Mirzaboyev
Federatsiya matbuot kotibi
