Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi
2024-12-09 09:55:00 / Yangiliklar

“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Farg‘ona viloyati Sport boshqarmasida "Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, huquq tartibot idoralari xodimlari va sport maktablari rahbarlari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish avvalida sport boshqarmasi boshlig‘i N. Hakimovning korrupsiyaga qarshi kurashish hamda manfaatlar to‘qnashuvi borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma'ruzasi tinglandi.
Viloyat prokurori katta yordamchisi A.Latipov esa Jinoyat kodeksiga sportda korrupsiya, kelishilgan o‘yinlarning oldini olish maqsadida kiritilgan o‘zgarishlar, korrupsiyaviy jinoyatlar va ushbu jinoyatlar uchun javobgarlik masalalari bo‘yicha ma'ruza qildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan aniq javoblar olishdi.






