Sport vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan onlayn o‘qishlar boshlandi
2025-10-20 14:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-iyundagi PF–95-son Farmoni ijrosi doirasida Davlat fuqarolik xizmatida yuqori turuvchi lavozimlarga xotin-qizlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 20-25-oktabr kunlari Sport vazirligi tizim tashkilotlari xodimlari uchun onlayn o‘qishlar tashkil etiladi.
Mazkur o'quv jarayonlariga xodimlar https://moodle.sporteduff.uz/ havolasi orqali tasdiqlangan login va porol orqali ishtirok etishlari mumkin.
O'quvlarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilar malaka oshirganligi to'g'risida sertifikatga ega bo'ladi.
