Pensiya tizimi aktuar baholashdan oʻtkaziladi
2026-02-04 19:30:00 / Jamg'arma yangiliklari

Pensiya jamgʻarmasida Jahon banki va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) vakillari bilan pensiya tizimini aktuar baholash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Pensiya jamgʻarmasi rahbariyati, XMT vakillari - Andre Pikard, Paskal Annike, shuningdek, Jahon banki ekspertlari Himanshi Jain va Marina Novikova ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun: Pensiya tizimini aktuar baholash boʻyicha Halqaro moliya tashkilotlari tomonidan grant ajratildi.
Oʻzaro muloqot davomida Oʻzbekistonda pensiya tizimini aktuar baholash jarayonining amaliy jihatlari, tahliliy koʻrsatkichlar bilan ishlash, shuningdek, texnik va tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Muloqot soʻngida pensiya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar hamda xalqaro ekspertlar oʻrtasida hamkorlik tartibi, istiqboldagi vazifalar aniq belgilab olindi.


