Davlat dasturi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoniga
5-ILOVA
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasining Barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
ROʻYXATI
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasida nazarda tutiladigan chora-tadbirlar |
Ijro muddati |
Hamijrochilar |
|
II. BARQAROR IQTISODIY OʻSISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TAʼMINLASH |
||||
|
46-maqsad: Fiskal barqarorlikni taʼminlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish |
||||
|
Ijro uchun asosiy masʼul — Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) |
||||
|
1. |
Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish Konsepsiyasi loyihasi. |
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda mahalliy ekspertlarni jalb qilgan holda Davlat pensiya taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha konsepsiya loyihasi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2025-yil avgust |
Manfaatdor vazirlik va idoralar |
