Davlatobodda doʻstlik va hamkorlik ramzi sifatida daraxt ekildi
2026-04-21 23:00:00 / Yangiliklar
Afgʻoniston hukumati Sanoat va savdo vaziri Nuriddin Aziziy boshchiligidagi delegatsiyaning Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Davlatobod tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida ramziy daraxt ekish tadbiri oʻtkazildi.

Unda ikki tomonning yuqori martabali rahbarlari ishtirok etib, doʻstlik, hamjihatlik va oʻzaro manfaatli hamkorlik timsoli sifatida koʻchat ekishdi.
Mazkur tadbir Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy aloqalar yangi bosqichga koʻtarilayotganining yana bir amaliy ifodasi boʻldi.
Davlatobod tumani hokimligi
Axborot xizmati






