Jamg‘arma faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ–330-son qarori
«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida
Mazkur qaror bilan Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.
LEX.UZ havolasi:
PQ–330-son qarorning to‘liq matni
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qarori
«Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»
Mazkur qaror bilan Jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom, Jamg‘arma Ijro etuvchi direksiyasining tuzilmasi hamda Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan subsidiyalar, grantlar va ssudalar ajratish tartibi tasdiqlangan.
LEX.UZ havolasi:
158-son qarorning to‘liq matni
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-son qarori
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»
Mazkur qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
LEX.UZ havolasi:
709-son qarorning to‘liq matni
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-son qarori
Mazkur qaror bilan Jamg‘arma faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normalarga aniqlik kiritilgan hamda ular takomillashtirilgan.
LEX.UZ havolasi:
35-son qarorning to‘liq matni
