Elektron hukumat
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasining “Elektron hukumat” tizimidagi ishtiroki
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi davlat organlari va tashkilotlari bilan “Elektron hukumat” tizimi doirasida elektron axborot almashinuvini amalga oshiradi hamda davlat xizmatlarini raqamli texnologiyalar asosida ko‘rsatadi.
Jamg‘armaning roli
Jamg‘arma subsidiyalar, grantlar va ssudalar ajratish, ulardan maqsadli foydalanilishini monitoring qilish, davlat mablag‘lari harakatini nazorat qilish hamda davlat organlari bilan elektron ma’lumot almashinuvini ta’minlaydi.
Axborot tizimlari bilan integratsiya
Jamg‘arma quyidagi axborot tizimlari va platformalar bilan integratsiya qilingan:
-
Onlayn mahalla — moliyaviy ko‘mak olish uchun elektron arizalarni qabul qilish, talabgorlarni skoringdan o‘tkazish, qaror qabul qilish, mablag‘ ajratish, loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish hamda ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash.
-
EDO (elektron hujjat aylanishi) — davlat organlari va tashkilotlari bilan xizmat xatlari, shartnomalar, hisob-fakturalar va boshqa rasmiy hujjatlarni elektron shaklda yuborish, qabul qilish hamda elektron raqamli imzo bilan imzolash.
-
MUNIS va Xazna — moliyaviy hujjatlar, to‘lov topshiriqnomalari va budjet mablag‘lari harakati bo‘yicha elektron ma’lumot almashinuvini ta’minlash.
-
Click, Paynet va RealPay — Jamg‘arma tomonidan ajratilgan ssudalar bo‘yicha qarzdorlikni elektron shaklda to‘lash imkoniyatini ta’minlash.
Ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar
Jamg‘arma tomonidan quyidagi elektron xizmatlar ko‘rsatiladi:
-
subsidiyalar, grantlar va ssudalar ajratish jarayonlarini elektron shaklda yuritish;
-
elektron arizalarni qabul qilish va ko‘rib chiqish;
-
davlat organlari bilan elektron ma’lumot almashish;
-
moliyalashtirish jarayonlari va to‘lovlarni elektron nazorat qilish;
-
ssudalar bo‘yicha qarzdorlikni onlayn to‘lash imkoniyatini yaratish;
-
elektron murojaatlar va hisobotlarni qabul qilish.
Ma’lumotlar almashinuvi
Jamg‘arma qonunchilik talablariga muvofiq davlat organlari va axborot tizimlari bilan quyidagi ma’lumotlarni elektron shaklda almashadi:
-
jismoniy va yuridik shaxslarning identifikatsiya ma’lumotlari;
-
ijtimoiy holat, bandlik va daromadlarga oid ma’lumotlar;
-
subsidiyalar, grantlar va ssudalar ajratilishi hamda ularning qaytarilishiga oid ma’lumotlar;
-
budjet mablag‘larining harakati va moliyaviy hisobotlar;
-
elektron hujjatlar va rasmiy yozishmalar.
Jamg‘armada elektron axborot almashinuvi, elektron hujjat aylanishi va elektron to‘lovlar axborot xavfsizligi hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
