Grant va kompensatsiya
Grant, kompensatsiya shartlari va maqsadlari
Grant — kambagʻallikni qisqartirish, bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb etish uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan pul va natura koʻrinishida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, oʻqish uchun koʻrsatiladigan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarib bermaslik sharti bilan beriladigan moliyaviy koʻmak
Kambag'al oilani daromadli qilgan tadbirkorga grant
12 360 000
so'mgacha
Maqsadi
Tadbirkorga — 10 tagacha kambag'al oilani doimiy daromad manbai bilan ta'minlashga ko'maklashgani uchun
Mablag' ajratish turi
Pul ko'chirish orqali, tadbirkorning hisobraqamiga o'tkazib beriladi
Izoh
Tadbirkorga 40% avans o'tkaziladi, 60% kambag'al oilalar tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgach ajratiladi. Har bir oila uchun BHMning 3 barobarigacha
Urug'chilik korxonalari uchun ish haqi kompensatsiyasi
Ish haqining 50 foizi, biroq
2 542 000
so'mgacha
Maqsadi
Urug'chilik korxonalariga — har bir mavsumiy ishchining ish haqini qisman qoplash uchun
Mablag' ajratish turi
Urug'chilik korxonasining hisobraqamiga o'tkaziladi
Izoh
Ipak qurti urug'i tayyorlashga jalb etilgan mavsumiy ishchilar uchun
