Davlat xizmatlarini ko‘rsatish
Davlat xizmatlari
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi o‘z vakolatlari doirasida aholi va tadbirkorlik subyektlariga quyidagi davlat xizmatlarini ko‘rsatadi:
|
№ |
Davlat xizmati |
Xizmat oluvchilar |
Ko‘rsatish shakli |
|---|---|---|---|
|
1 |
Subsidiya ajratish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Elektron («Online Mahalla» axborot tizimi orqali) |
|
2 |
Grant ajratish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Elektron («Online Mahalla» axborot tizimi orqali) |
|
3 |
Imtiyozli ssuda ajratish |
Jismoniy va yuridik shaxslar |
Elektron («Online Mahalla» axborot tizimi orqali) |
|
4 |
Ssuda bo‘yicha qarzdorlikni qaytarish |
Ssuda oluvchilar |
Elektron (Click, Paynet va RealPay to‘lov tizimlari orqali) |
Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
Davlat xizmatlari elektron shaklda qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi. Ariza beruvchilarning ma’lumotlari avtomatik tarzda tegishli davlat axborot tizimlari orqali tekshiriladi. Qaror qabul qilingach, moliyalashtirish jarayoni elektron tarzda amalga oshiriladi hamda xizmat natijalari axborot tizimida aks ettiriladi.
Davlat xizmatlari shakllari va blankalari
Davlat xizmatlarini olish uchun zarur ariza shakllari va elektron xizmatlardan foydalanish tartibi Jamg‘armaning axborot tizimi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari yagona reyestri
Davlat xizmatlari to‘g‘risidagi dolzarb ma’lumotlar bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
- Davlat xizmatlari yagona reyestri – https://my.gov.uz/uz/reyestr
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) – https://my.gov.uz
