Jamg‘armaning asosiy ko‘rsatkichlari
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari
Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi aholining daromad manbalarini kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda bandligini ta’minlash maqsadida davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini amalga oshiradi. Jamg‘arma tomonidan subsidiyalar, imtiyozli ssudalar, grantlar va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa moliyaviy ko‘mak turlari ajratiladi. Barcha xizmatlar raqamlashtirilgan bo‘lib, murojaatlar Online Mahalla axborot tizimi va my.gov.uz orqali qabul qilinib, baholash, qaror qabul qilish hamda mablag‘ ajratish jarayonlari elektron shaklda amalga oshiriladi.
Asosiy statistik ko‘rsatkichlar (2025–2026-yillar (01.07.2026y))
|
Ko‘rsatkich |
Natija |
|
Subsidiya olganlar |
19 254 nafar |
|
Ssuda olganlar |
17 124 nafar |
|
Grant olganlar |
15 nafar |
|
Boshqa moliyaviy ko‘mak |
1 ta loyiha |
|
Jami moliyaviy ko‘mak olganlar |
36 022 nafar |
|
Jami ajratilgan mablag‘ |
410,346 mlrd. so‘m |
Moliyalashtirish ko‘rsatkichlari:
- 2025-yil uchun moliyalashtirish rejasi – 451,599 mlrd so‘m;
- 2026-yil uchun rejalashtirilgan mablag‘ – 354,649 mlrd so‘m;
- moliyaviy ko‘maklar subsidiya, ssuda, grant va boshqa qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilmoqda;
- xizmatlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, elektron monitoring va nazorat mexanizmlari joriy etilgan.
Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltiriladi:
-
issiqxona tashkil etish;
-
sug‘orish tizimlari va quduqlar qurish;
-
quyosh panellarini o‘rnatish;
-
urug‘lik va ko‘chatlar xaridi;
-
kasanachilikni rivojlantirish;
-
yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish;
-
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini xarid qilish;
-
binolar ijara xarajatlarini qoplash;
-
kooperativlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
-
pillachilik va ipakchilik loyihalarini moliyalashtirish;
-
doimiy daromad manbai yaratgan tadbirkorlarga grantlar ajratish.
Rivojlanish dinamikasi
Jamg‘arma faoliyati aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan. Moliyaviy ko‘maklarni ajratish, loyihalarni amalga oshirish va mablag‘larning maqsadli sarflanishi elektron monitoring tizimlari orqali doimiy nazorat qilinadi. Bu esa davlat mablag‘laridan samarali foydalanish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini barqaror oshirishga xizmat qiladi.
