Kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
2026-03-17 12:10:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi “Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 158-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda manzilli amaliy ishlar izchil olib borilmoqda.
Bu boradagi ishlar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumani misolida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kiritilgan 90 ga yaqin xonadonga jami 15 tonna kartoshka urug‘i tarqatildi.
Mazkur yordam fuqarolarga tomorqadan samarali foydalanish, oilaviy oziq-ovqat zaxirasini ko‘paytirish hamda ortiqcha hosilni sotish orqali qo‘shimcha daromad manbaini shakllantirish imkonini yaratadi.
“Kambag‘allikni qisqartirish davlat maqsadli jamg‘armasi” tomonidan bu kabi amaliy tadbirlar hududlarda izchil davom ettirilmoqda.
