Hurmatli yurtdoshlar!
2025-07-04 19:30:00 / E’lonlar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi tizimida korrupsiyaviy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi xabarlarni tezkor qabul qilish uchun maxsus aloqa tarmoqlari ishga tushirilganini eslatib o'tamiz.

Agar siz sohada qonunbuzarlik yoki korrupsiyaviy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, @anticor_migrationbot telegram boti, anticorruption@migration.uz elektron pochtasi orqali bizga xabar bering.
❗️Murojaatingiz o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va shaxsingiz sir tutilishini kafolatlaymiz.
Shuningdek, 71-202-44-11 ishonch telefoniga (ish kunlarida 9-00 dan 18-00 gacha) qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
