Madaniyat va san’at sohasiga oid qaror loyihasi muhokama etildi
2025-10-16 09:50:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Madaniyat vazirligida "Madaniyat va san’at sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori loyihasi muhokama etildi.
Qaror loyihasi vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov rahbarligida soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan muhokama qilindi.
Qaror loyihasida sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish, moddiy texnik bazani mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, ehtiyojdan kelib chiqib, yangidan ta’lim muassasalarini tashkil etish takliflari ilgari surildi.



