Rasmiy munosabat
2024-04-05 10:25:00 / Yangiliklar
Toshkentda o‘tayotgan hujjatli filmlar festivalida taqdim etilgan film namoyishi to‘xtatilganiga oid xabarlar yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi:
2021-yil 14-iyulda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunining 1-ilovasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida filmni ommaviy namoyish etish ruxsatnoma olish talab qilinadigan faoliyat turi hisoblanadi. Mazkur qonun, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasinnng 2022-yil 2-fevraldagi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi 86-sonli qaroriga asosan Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi filmni ommaviy namoyish etish uchun bir martalik ruxsatnoma berishga vakolatli organ etib belgilangan.
Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra, respublika hududida mahalliy va xorijiy filmlarni namoyish etish uchun xususiy tadbirkorlar tomonidan Kinematografiya agentligiga ariza bilan murojaat etadi hamda agentlik tomonidan ushbu murojaat 10 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Shu bilan birga, filmni ommaviy namoyish etishda bir qator talab va shartlarga qat’iy rioya etilishi belgilangan. Mazkur talab va shartlarga amal qilinmasligi filmni ommaviy namoyish etish uchun berilgan ruxsatnomaning bekor bo‘lishiga olib kelishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, yuqoridagi hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasi hududida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun Ichki ishlar vazirligidan ruxsatnoma olishi shart ekani belgilangan. Biroq, 2–8-aprel kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Artdocfest Asia” festivali deb nomlangan ommaviy tadbirni o‘tkazish uchun tashkilotchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangani tartibda ruxsatnoma olishmagan.
Huquni muhofaza qiluvchi idoralarning rasmiy ravishda ogohlantirishlariga qaramay ommaviy tadbir va filmlar namoyishini tashkil etib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilishgan.
Shu o‘rinda ommaviy tadbirlar, jumladan, festivallar va ularda filmlar namoyishini to‘xtatish Madaniyat vazirligining vakolatiga kirmasligini bildiramiz.
Madaniyat vazirligi matbuot xizmati