Soha xodimlari uchun iqtisodiy o‘qish tadbiri o‘tkazildi
2025-09-12 11:20:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirligida soha xodimlarining 2025-yil III choragida o‘tkazilishi rejalashtirilgan iqtisodiy o‘qishlari reja-grafigiga asosan, madaniyat vaziri o‘rinbosari Yusufjon Usmonov raisligida oflayn va onlayn iqtisodiy o‘qish tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur Iqtisodiy o‘qish tadbirida madaniyat va san’at sohasida moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritish, ichki audit faoliyati bo‘yicha aniqlanayotgan xato va kamchiliklarni oldini olish, 2025–2026-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha olib boriladigan ishlar va kelgusi rejalarni amalga oshirish yuzasidan vazirlikning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi, Xo‘jalik ishlari bo‘limi va Ichki audit bo‘limi boshliqlari ma’ruzalari tinglandi.
Mazkur Iqtisodiy o‘qish tadbirida vazirlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va mas’ul xodimlar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas’ul xodimlari; Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari, ularning moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari va bosh buxgalterlari hamda respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tizim tashkilotlari rahbarlari va bosh buxgalterlari ishtirok etdi.
