Sohada bir qator tayinlovlar amalga oshirildi
2025-09-09 18:25:00 / Yangiliklar

Bugun, 9-sentyabr kuni vazir Ozodbek Nazarbekov boshchiligida ijro intizomi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kun tartibidagi to‘rtinchi masala – tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqildi.
Unda, Madaniyat vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimiga hamda Madaniyat vazirligining Respublika tizim tashkilotlari rahbarlari lavozimlariga bir qator tayinlovlar e’lon qilindi:
Jumladan, Madaniyat vazirligi markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari lavozimiga:
Niyazbekov Jamshidbek Muxsin o‘g‘li – Vazirning davlat tili bo‘yicha maslahatchisi;
Xasanov Dilshod Erkin o‘g‘li – Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati bosh mutaxassisi ;
Sharipov Sherzod Maqsud o‘g‘li – Ta’lim sohasini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi;
Shamuratova Dilfuza Atamuratovna – Ijodkor yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi.
Madaniyat vazirligining Respublika tizim tashkilotlari rahbarlari lavozimlariga:
Yunusov Farrux Ismoiljonovich – O‘zbek milliy maqom san’ati markazi direktori;
Sultanova Rushana Ramilovna – Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori;
Mirzajonov Otabek Vasijon o‘g‘li – Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi direktori;
Xalikov Temur Muxritdinovich – Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Madaniyat vazirligi jamoasi barcha lavozimga tayinlanganlarni muborakbod etib, mas’uliyatli ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.









