“Navro‘z sadolari” X Xalqaro festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
2024-03-25 15:00:00 / Yangiliklar

25-mart kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida “Navro‘z sadolari” milliy cholg`ular ko‘p ovozli ansambl va orkestrlari X Xalqaro festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Festivalni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh direktori Anvar Tojiboyev ochib berdi va barcha ijodiy jamoalarni samimiy tabriklab, mazkur san`at bayramining ahamiyati oshib borayotganini alohida ta’kidladi va festivalning ijodiy tanlovlariga start berildi.
Festival dasturiga ko‘ra, 25-26-mart kunlari barcha jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab boriladi.
Festivalda Qozog'iston, Qirg'iziston va Tojikiston Respublikalari hamda mahalliy jamoalardan iborat 20 dan oshiq ansambl va orkestrlar ishtirok etishmoqda.
Tadbir davomida milliy cholg`ular ko‘rgazmasi, dirijyorlik va cholg`u ijrochiligi bo‘yicha mahorat saboqlari ham o‘tkaziladi. Shuningdek, 26-mart kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi “Sug'diyona” kamer orkestri va Germaniya davlatidan tashrif buyurgan Bad Vilbel kamer orkestri ishtirokida “Do‘stlik ko‘priklari” qo‘shma konserti tashkil etiladi.
27-mart kuni esa g’oliblarni taqdirlash va yakuniy gala-konsert bo’lib o’tadi.






