Navoiy viloyati. Xatirchi tumani, A. Yassaviy ko‘chasida joylashgan madaniyat markazini DXShga berish
2024-03-14 14:10:00 / Yangiliklar

2023-yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga xususiy tashabbuskor “Qizilqum Izvest Company” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyiha Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, A. Yassaviy ko‘chasida joylashgan madaniyat markazini davlat-xususiy sheriklik asosida ta’mirlash va jihozlash, zamonaviy madaniyat markazi faoliyatini hamda ushbu hudud aholisi uchun mehmonxona va xizmat ko‘rsatish majmuasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, markazda “Qizilqum Izvest Company” MChJ tomonidan Navoiy viloyat, Xatirchi tuman, A.Yassaviy ko‘chasida joylashgan Markaziy madaniyat uyining faoliyatini yaxshilash uchun ta’mirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish bilan birga, binoning foydalanmay turgan yer maydoni qismida madaniyat va san’at to‘garaklari, aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha o‘quv kurslari hamda IT markaz xizmatlaridan iborat madaniyat markazi, tumanga tashrif buyuruvchi mehmonlar uchun mehmonxona, milliy va yevropa taomlari restoranlari, dam olish va hordiq chiqarish uchun terassalar faoliyatini tashkil etishni maqsad qilgan.
Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, A. Yassaviy ko‘chasida joylashgan madaniyat markazini madaniyat va san’at sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish hamda tashabbuskor tadbirkorlarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida, davlat-xususiy sheriklik asosida beriladigan obyektlarni madaniyat va san’at sohasiga yaqin bo‘lgan, shuningdek, xizmat ko‘rsatish, kichik ishlab chiqarish va savdo faoliyati turlari bilan shug‘ullanishiga ruxsat beriladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘RQ-537-son Qonuniga muvofiq, tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi potensial davlat sherigi (Madaniyat vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat–xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida vazirlikning hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytlarida 45 (qirq besh) kalendar kuni muddatda e’longa joylashtiriladi.
Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonidan qiziqish bildirish uchun so‘rov va takliflarni 2024-yil 24-aprel kuniga qadar Toshkent vaqti bilan 18:00 gacha topshirilishi kerak.
Loyihaga qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi. Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 107 B-uy (Madaniyat vazirligi).
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender takliflari olingan taqdirda, Madaniyat vazirligi tomonidan loyihaning tashabbuskori hamda qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.


