Xorazmdagi madaniyat markazlarining qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirildi
2025-07-31 09:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha vazirning birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov xizmat safari bilan Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi.
Xizmat safari davomida, Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har bir tuman (shahar)da 1tadan namunali markaz tashkil etish yuzasidan bergan topshiriqlari bo‘yicha Xiva shahrida yangi qurilayotgan shahar madaniyat markazi binosiga tashrif buyurib, qurilish ishlari bilan tanishdi.
Shuningdek, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali faoliyati bilan tanishildi hamda filial binosini akademiya balansiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan uchrashildi.
Shu bilan birga, Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali bitiruvchilariga diplom topshirish marosimida ishtirok etib, bitiruvchilarga diplomlarni taqdim etdi.
Xizmat safari davomida Xiva shahridagi Arda-Xiva majmuasida o‘tkazilishi belgilangan "Qo‘vun sayli"ga tayyorgarlik ishlari bilan ham tanishildi.







