#Infografika
2025-07-30 16:30:00 / Yangiliklar

Madaniyat vazirligiga 2025-yilning I yarim yilligi mobaynida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan jami 1 611 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 395 tasi vazirlik markaziy apparatiga, 700 tasi hududiy boshqarmalarga va 579 tasi tizim tashkilotlariga kelib tushgan.
Ushbu murojaatlarning 82,7% qanoatlantirilgan, 14,2%ga tushuntirish berilgan va 3,1% tegishli tashkilotlarga yo‘naltirilgan. Kelib tushgan murojaatlar ichida ko‘rmasdan qoldirilganlari va rad etilganlari mavjud emas.
Mazkur davr mobaynida vazirlik rahbariyati tomonidan 71 marta, tizim tashkilotlari rahbarlari tomonidan 74 marta hamda hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan 200 marta shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazilgan.
O‘tkazilgan jami 345 ta qabullarda 817 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularning masalalari vakolat doirasida ko‘rib chiqilishi ta’minlangan.
Shuningdek, hozirgi kunda Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan madaniyat organlari rahbar xodimlari hamda fuqarolar o‘rtasidagi muloqotlar sonini ko‘paytirish, murojaatlarni ijobiy hal etish ko‘rsatkichini oshirish, takroriy murojaatlarning oldini olish va murojaatlarning kamida 80 foizini mahalliy darajada qanoatlantirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda.
