Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi
2025-07-30 09:55:00 / Yangiliklar
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish va jahon miqyosida targ‘ib qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–230-son, 28.07.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida Botir Zokirov memorial muzeyi tashkil etiladi.
Botir Zokirov nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.
2026-yildan har 2 yilda 1 marotaba estrada san’ati bo‘yicha Botir Zokirov nomidagi xalqaro ko‘rik-tanlovi o‘tkazib boriladi.
Shuningdek, Botir Zokirovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan badiiy film yaratiladi.
