Madaniyat vazirligi boshqaruv kadrlarining malakasi oshirildi
2025-07-27 17:00:00 / Yangiliklar

2025-yil 21–26-iyul kunlari Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida Madaniyat vazirligi tizimidagi rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tdi.
26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va Akademiya rektori Jasur Salixov tomonidan unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
O‘quv kursi davomida tinglovchilarga “Davlat boshqaruvining raqamli transformatsiyasi”, “Tizimli tahlil va qaror qabul qilishning zamonaviy usullari”, “Vaqtni boshqarish” kabi dolzarb mavzular bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar berildi.
Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi mas’ullari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 48 soatlik o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar olib borildi. Dastur 14 ta muhim mavzu va 4 ta amaliy treningni o‘z ichiga oldi.
Kurs davomida zamonaviy rahbar kadrlar uchun zarur bo‘lgan kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Natijada tinglovchilar o‘z lavozim majburiyatlarini samarali bajarish, boshqaruv jarayonlarini innovatsion asosda tashkil etish hamda amaliyotda ilg‘or kompetensiyalarni qo‘llash bo‘yicha zarur bilim va tayyorgarlikka ega bo‘ldilar.









