Hudud rahbarlari uchun malaka oshirish kursi davom etmoqda
2025-07-22 16:39:00 / Yangiliklar

Avvalroq, prezident akademiyasida hudud rahbarlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etilganligi haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 22-iyul kuni hudud va tizim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli malaka oshirish kursi mashg‘ulotlari davom etdi.
Bugungi qisqa muddatli malaka oshirish kursini madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov tinglovchilarga sohaga doir mavzuda ma’ruza qildi.
Unda, sohada bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaning har tomonlama rivojlanayotganligi, teatr va kino sohasidagi o‘sish, ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonlari haqida so‘zlandi. Shuningdek, yutuqlar bilan birga kamchiliklarning ham kuzatilayotganligi hamda uni bartaraf etish bugungi kun hudud va tashkilot rahbarining vazifasi ekanligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi lozimligi ma’lum qilindi.



