Farg‘ona viloyati musiqali drama teatriga direktor tayinlandi
2025-07-22 16:20:00 / Yangiliklar

Kuni kecha Farg‘ona viloyati musiqali drama teatrida madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida viloyatda I yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va keyingi rejalar yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Bahodir Ahmedov yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining tegishli buyrug‘i asosida Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri direktori lavozimiga tayinlangan Eminjon O‘rinovni teatr jamoasiga tanishtirdi.
Tayinlovga qadar Eminjon O‘rinov Farg‘ona viloyati Madaniyat boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida samarali faoliyat olib borayotgan edi.
Bahodir Ahmedov ushbu mas’uliyatli lavozim bilan Eminjon O‘rinovni samimiy muborakbod etib, ish faoliyatida yuksak muvaffaqiyat va ijodiy zafarlar tiladi.



