Qoraqalpog‘istonning olis hududlarida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
2025-07-22 10:05:00 / Yangiliklar

Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida, kuni kecha Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumani 16-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Shuningdek, "Yozgi iste’dodlar" Respublika festivali doirasida "Madaniyat markaziga kelgan har bir bola - VIP mehmon!" bosh g‘oyasi asosida Qo‘ng‘irot tumani Madaniyat bo‘limi tomonidan tanlov tashkil etildi va tanlov yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.









