Prezident akademiyasida hudud rahbarlari uchun malaka oshirish tashkil etildi
2025-07-21 17:00:00 / Yangiliklar

Bugun, 21-iyul kuni Madaniyat vazirligi tasarrufidagi tizim tashkilotlari hamda hududiy madaniyat organlari rahbarlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlandi.
Qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlanishidan avval madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda akademiyaning Ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Alisher Umarov malaka oshirish kursi tinglovchilariga bugungi kunda yurtimizdagi barcha sohalar qatori madaniyat sohasida ham izchil islohotlar olib borilayotganligi, soha rivojlanayotganligi, ushbu rivojlanish bilan hamnafas bo‘lish uchun sohadagi yangiliklardan xabardor bo‘lish, kerak bo‘lsa yangi bilimlarni olish lozimligi haqida ta’kidlashdi.
Malaka oshirish kurslari joriy yilning 21-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu malaka oshirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202З-уil 11-sentyabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston - 2030" strategiyasining tegishli bandi hamda "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonunida davlat fuqarolik xizmatchisi o‘zining kasbiy kompetensiyasini muntazam ravishda oshirib borishi shartligi belgilangani inobatga olingan.









