Ta’lim muassasalariga investitsiyalarni jalb etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi
2025-07-17 11:00:00 / Yangiliklar

Ta’lim tizimini rivojlantirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zamonaviy infratuzilmani yaratish maqsadida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda mahalliy investorlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yangi ta’lim loyihalarini amalga oshirish, bolalar musiqa va san’at maktablari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Ishtirokchilar tomonidan istiqbolli taklif va tashabbuslar ilgari surildi, mavjud imkoniyatlar va mavjud resurslardan samarali foydalanish yo‘llari belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida ta’limga investitsiya kiritish — bu kelajakka, yangi avlod salohiyatiga sarmoya ekanligi alohida ta’kidlandi.





