O‘zbek sirki dunyoning 20 dan ortiq davlati ishtirok etgan festivalda nufuzli o‘rinni egalladi
2025-07-15 15:00:00 / Yangiliklar

Avvalroq, Lotin Amerikasi qit’asining Peru davlatida ilk bor “PULS” nomli xalqaro sirk festivali bo‘lib o‘tayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Ushbu nufuzli festivalda Kristina Vorobyova rahbarligidagi O‘zbeksirk jamoasi vakillarining “Osmoniy farishtalar” jamoasi kanatda yurish (kanatohod) janridagi “Uch nafas” raqami bilan ishtirok etib, 3-o‘rinni egallab, bronza medali bilan taqdirlandi.
1-o‘ringa Peru, 2-o‘ringa Belgiya, Portugaliya, Xitoy, 3-o‘ringa Rossiya, O‘zbekiston, Vengriya davlatlari munosib ko‘rildi.
Ma’lumot uchun, ushbu nufuzli festivalda dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq davlat va 100 nafarga yaqin jahon darajasidagi sirk artistlari ishtirok etdi.






