“Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazoratga olingan hujjatlar ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2025-07-15 12:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha vazir o‘rinbosari Murodjon Majidov boshchiligida “Ijro.gov.uz” tizimi orqali nazoratga olingan hujjatlarning ijrosi natijalari yuzasidan tanqidiy, tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda vazirlik markaziy apparatining tegishli bo‘linma rahbari va xodimlari ishtirok etishdi. Unda “Ijro.gov.uz” tizimida iyul oyi davomida ijrosi ta’minlanishi belgilangan Prezident Farmon, qaror va topshiriqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, “Edo.ijro.uz” tizimidagi vazir topshiriqlarining bajarilishi tahlil qilindi. Unda, muddati o‘tgan topshiriqlarni zudlik bilan bajarish bo‘yicha tegishli bo‘limna rahbarlari ogohlantirildi.
Shu bilan birga, “Ijro.gov.uz” tizimida iyul oyida ijrosi ta’minlanishi belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama etildi.



