Yurtimiz mustaqilligining 34 yillik bayramiga yangi qo‘shiqlarning yaratilishi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi
2025-07-10 09:00:00 / Yangiliklar
Kuni kecha Madaniyat vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar madaniyat boshqarmalari boshliqlari shuningdek, “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va O‘zbek milliy maqom san’ati markazi barcha hududiy bo‘lim boshliqlari hamda vazirlikning tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.
Unda, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramini munosib nishonlash yuzasidan bayram uchun tavsiya etiladigan yangi qo‘shiqlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, yangi qo‘shiqlar yaratilishi bo‘yicha sustkashlikka yo‘l qo‘ygan hududiy boshqarmalarga ogohlantirishlar berildi.
