So‘nggi 5 yilda tasvirga olingan va 2024-yilda rejalashtirilgan filmlar haqida ma’lumot berildi
2024-02-29 16:00:00 / Yangiliklar
Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tomonidan so‘nggi 5 yilda tasvirga olingan va 2024-yilda rejalashtirilgan filmlar haqida ma’lumot berildi.
2019-yilda jami 5 ta film ishlangan bo‘lib, shundan 3 tasi badiiy film - “Imom Iso Termiziy”, “Said va Saida”, “Qo‘qon shamoli” (Amiriy va Nodira) hamda tarixiy hujjatli filmlar esa 2 ta - “Abdurahmon Jomiy”, “Ma’rifatga baxshida umr” (Muso Saidjonov) filmlaridir.
2020-yilda 4 ta tarixiy mavzuda badiiy film “Ishoqxon Ibrat”, “Ilhaq”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, “101” hamda 2 ta tarixiy mavzuda hujjatli film: “Xalq jasorati”, “Xalq yuragi” yaratilgan.
2021-yilda 2 ta tarixiy badiiy filmlar “Muqimiy” va “Meros” filmlari ishlangan bo‘lsa, tarixiy hujjatli mavzuda esa 33 ta filmlar: “Xalq yuragi” rukni (24 ta film), “Alisher Navoiy”, “Zahiriddin Muhammad Bobur. Yo‘lbars izidan...”, “Cho‘lpon. Qush esdaligi”, “Gʻafur Gʻulom. Umr daftari”, “Haqiqat mendan ustun...” (Abdulla Qahhor), “Abdulla Oripov. Yurtim shamoli”, “Amu sohili kuychisi. Berdaq”, “Hayot suratini chizaman...”(Aleksandr Faynberg), “Abdulla Qodiriy”, “To‘lepbergan Qayipbergenov. Qora uydan keng dunyoga”, “Ogahiy”, “Hamid Olimjon. Ona yurt kuychisi”, “Erkin Vohidov. Tirik sayyora”, “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda...”, “Muqimiy”, “Mahmudxo‘ja Behbudiy”, “Avloniy”, “Baxtim shul – o‘zbekning Zulfiyasiman”, “Oybek”, “Maqsud Shayxzoda”, “Ozod Sharafuddinov”, “Muhammad Yusuf”, “Said Ahmad va Saida Zunnunova. Sen tomon talpinar yurak...”, “Ibroyim Yusupov. Oshiq ayoz”, “Unutilmas qahramonlar” rukni (8 ta film), “Zebo Gʻaniyeva”, “Malik Qayumov”, “Qudrat Suyunov”, “Sobir Rahimov”, “Mamadali Topvoldiyev”, “Sharof Rashidov”, “Inoyat Navruzboyev”, “Ergash Hamroyev”, “Matonat”, “Beruniy” (Turkiya bilan hamkorlikda) yaratilgan.
2022-yilda 1 ta tarixiy badiiy film va serial: “Muhabbat bahori” yaratilgan.
2023-yilda esa 3 ta film, shundan 2 tasi tarixiy badiiy film: “O‘zbek qizi” va “Abdulla Oripov” hamda 1 ta qisqa metrajli film: “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” yaratilgan.
2024-yil hisobida jarayonda bo‘lgan badiiy filmlar soni – 7 ta bo‘lib, ular quyidagilar: “Yulduzlar shu’lasi: Jomiy va Navoiy”, “Buyuk Amir va donna Mariya”, “Kazbek. Osiyo arsloni”, “Xiva langari”, “Amir Bahodir Yalangto‘sh”, “Matonatli Maryam”, “Ajiniyoz” filmlaridir. Tarixiy mavzuda esa animtasion yo‘nalishda “Renessans” nomli 30 qismli animatsion filmlar turkumi va “Xo‘ja Nasriddin” nomli to‘liq metrajli animtasion filmlar.
