Yaxshi dam mehnatga hamdam shiori ostida sayohat dasturi amalga oshirildi
2025-06-29 12:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ–401-son qarori "Yo‘l xaritasi”da “Korxona va tashkilotlar xodimlari, birinchi navbatda xotin-qizlarning Toshkent viloyatidagi so‘lim go‘shalar va dam olish maskanlariga ish beruvchilar va kasaba uyushmalariga mablag‘lari hisobidan uch kunlik sayohatlarini tashkil etib borish” belgilangan.
Shu munosabat bilan kuni kecha vazirlik boshqaruv apparatidagi xotin-qizlarni Toshkent viloyatining “Xumson buloq” dam olish maskaniga sayohati Kasaba uyushmasi mablag‘lari hisobidan tashkil etildi.
Dam olish jarayonlarida madaniy hordiq bilan birga voleybol, tennis sport o‘yinlari bilan mashg‘ul bo‘lishdi.
Yaxshi dam mehnatga hamdam shiori ostida o‘tkazilgan sayohat barchada ko‘tarinki kayfiyat va iliq taassurotlarga boy bo‘ldi.
