Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filialining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi
2025-07-02 11:00:00 / Yangiliklar

Kuni kecha dramaturgiya yo‘nalishining yetti nafar bitiruvchisi diplomlarini tantanali ravishda oldi.
Marosimda Rossiya elchixonasi, Rossotrudnichestvo, O‘zbekiston Kinematografiya agentligi vakillari ham ishtirok etdi.
Filial ikki davlat prezidentlari tashabbusi bilan 2021- yilda Toshkentda ochilgan bo‘lib, O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimida o‘z o‘rnini egallab bo‘lgan.






