Davlat boshqaruvi akademiyasida vazirlik va idoralar markaziy apparatlarining boshqaruv kadrlari uchun maxsus o‘quv seminar o‘tkazilmoqda
2024-02-27 09:40:00 / Yangiliklar

Akademiyada vazirlik boshqarma boshliqlari o‘z yo'nalishlari bo'yicha “Yo‘l xarita”ni ishlab chiqishadi.
Davlat boshqaruvi akademiyasida vazirlik va idoralar markaziy apparatlarining boshqaruv kadrlari uchun o‘tkazilayotgan maxsus o‘quv seminarda shunday taklif bildirildi.
Unda ta’kidlanganidek, yurtimiz qadimiy tamaddun markazlaridan hisoblanadi. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan yurtimizda asrlar davomida noyob, bebaho va go‘zal madaniy boyliklarimiz shakllangan.
Hozirda o‘zbek madaniyati va san’atiga, osori-atiqalarimizga, milliy liboslardan tortib taomlarimizgacha, teatr raqs, kuy-qo‘shiqlarimizga ham qiziqish har qachongidan oshgan.
Biroq, so‘nggi paytlarda yurtimiz madaniy salohiyatini jahonga olib chiqish borasida qilinayotgan ishlarni zamon talabi darajasida deb bo‘lmaydi.
Sohaga yangiliklar kiritish uchun esa xodimlarda zamonaviy bilimlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Ayni shu maqsadda tashkil etilgan 6 kunlik mazkur o‘quv-seminarda bugungi kun talabidan kelib chiqib, vazirlik xodimlarining salohiyatini oshirish ko‘zda tutilgan.



