Xorazmda fuqarolar murojaati tinglandi
2025-07-01 19:00:00 / Yangiliklar

Madaniyat vaziri o‘rinbosari Murodjon Majidov xizmat safari bilan Xorazm viloyatida bo‘ldi.
Xizmat safari davomida Urganch tumanidagi 20-son “Nurli yo‘l” madaniyat markazining kapital-ta’mirlash ishlari hamda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Xorazm viloyati hududiy bo‘limi va Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mazkur madaniyat muassasalarida sohaga oid Qonun, qaror, farmon ijrosi, me’yoriy hujjatlar yuritilishi, raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va ijro intizomi holati o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Murodjon Majidov tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida sayyor qabul o‘tkazilib, unda fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Vazir o‘rinbosari har bir murojaatni nazoratga olib, ularning ijrosi bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalarni belgilab berdi. Hukumat darajasida hal qilinadigan masalalar mutasaddi idoralar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi bildirildi.






