Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri repertuariga yana bir sahna asari qo‘shildi
2025-07-01 13:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida O‘zbektosh To‘raxonli asari asosida teatr bosh rejissyori Bunyod Imomov tomonidan sahnalashtirilgan “Sakkizinchi xazina” spektaklining Madaniyat vazirligi huzuridagi teatrlar faoliyati bo‘yicha Badiiy kengash a’zolari ishtirokida jamoatchilik ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Spektakl qabulida taniqli rejissyor, "Shuhrat" medali sohibasi Karomat Isamova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti A’zamjon Abduxalilov, Surxondaryo viloyati televideniyesi, taklif etilgan va xorijlik mehmonlar ham ishtirok etishdi.
Mutaxassislar spektakl to‘g‘risidagi o‘zlaring fikr-mulohazalari, tavsiyalari va takliflarini bildirib o‘tishdi. Yangicha uslub va zamonaviy texnologiyalar asosida sahnalashtirilgan “Sakkizinchi xazina” spektakli bir ovozdan qabul qilindi va tomoshabinlarga namoyish etishga ruxsat berildi.
Spektakl teatrning yangi mavsum ochilishida premyera qilinishi rejalashtirilmoqda.




