Poytaxtdagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va xonanda Otabek Muhammadzohidning ijodiy-ma’rifiy kechasi bo‘lib o‘tdi
2025-06-30 11:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-martdagi “O‘zbekiston san’at ustalari ishtirokida o‘tkaziladigan ijodiy-ma’rifiy kechalarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-son majlisi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 28-iyun kuni Toshkent shahridagi “Ma’rifat markazi” Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova va xonanda Otabek Muhammadzohidning ijodiy-ma’rifiy kechasi tashkil etildi.
Tadbir davomida O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova ijrosida “Ishq janobi oliylari”, “Tanovarimiz”, “Ipak ro‘mol”, “Muhabbat yo‘q”, xonanda Otabek Muhammadzohid ijrosida esa “Kel, ey dunyo”, “Na darkor”, “Diloro”, “Qora ko‘zim”, “Agar onang hayot bo‘lsa”, “Sevgilimni yig‘latma hijron”, “Seni qattiq sevaman”, “Tasodif emas”, “Farg‘onada bittagina”, “Bora-bora”, “Mayli telba denglar”, “Jonim asir”, “Atalimmi”, “Farg‘onacha lazgi”, “Malla soch”, “Sendaqasi yo‘q”, “El uchun, Vatan uchun” kabi eng sara kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Mazkur Ijodiy-ma’rifiy kechada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, Fanlar akademiyasi, Toshkent shahar mahallari faollari hamda Madaniyat vazirligi tizim tashkilotlari xodimlari, ustoz san’atkorlar, madaniyat va san’at sohasi vakillari Gulsanam Mamazoitova va xonanda Otabek Muhammadzohidning san’ati ixlosmandlari ishtirok etishdi.
