Farg‘onadagi vazir va yoshlar uchrashuvi davom etmoqda
2025-06-27 22:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 27-iyun kuni Farg‘ona shahrida joylashgan “Islom Karimov” nomidagi teatr va konsert saroyi hududida, madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida tug‘ilib o‘sgan va hozirda tahsil olayotgan va ijod qilib kelayotgan viloyat, respublika hamda xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallarda g‘olib va sovrindorlari hamda keng jamoat vakillarining 100 nafardan ziyodi ishtirok etdi.
Uchrashuv so‘ngida, yuqori natijalarga erishib tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan viloyat, respublika hamda xalqaro ko‘rik-tanlov va festivallar g‘olib va sovrindorlarining 20 nafariga vazirlikning esdalik sovg‘alari tantanalik ravishda topshirildi.
