Vazir Ozodbek Nazarbekov bir guruh farg‘onalik yoshlar bilan uchrashdi
2025-06-27 17:00:00 / Yangiliklar
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, yuqori iqtisodiy o‘sishga erishish hisobidan xalqimizning farovonligini oshirish va kundalik hayotidagi muammolarni hal etish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bugun, 27-iyun kuni vazir Ozodbek Nazarbekov 50 nafarga yaqin farg‘onalik yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda, vazir Ozodbek Nazarbekovga biriktirilgan 50 nafarga yaqin O‘zbekiston tumanidagi “Qayquobod”, “Zinasha”, “Sho‘rqishloq”, “Nurli kelajak” va “Bo‘ston” mahallalarida “Yoshlar balansi” asosida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarning muammolari, taklif va tavsiyalari tinglandi.
Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida, 31 nafar yoshlarga maishiy-texnika vositalari va ustachilik asboblari sotib olib berildi, 7 nafar yoshlar muammolarini hal etish masalasida tegishli tashkilotlarga so‘rov xati yuborish rejalashtirildi. 9 nafar yoshlarni muammolari esa mahalla yoshlar yetakchilari tomonidan joyida hal etilishiga erishildi.
