Mo‘g‘ulistonda ilk marotaba “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tdi
2025-06-25 18:30:00 / Yangiliklar

Avvalroq, joriy yilning 23-25-iyun kunlari Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.
Bugun, 23-iyun kuni Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida O‘zbekiston tarixini va madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlar ekanligini ta’kidlashdi.
“Bizni buyuk tarixiy shaxslar, “Buyuk Ipak yo‘li”, ko‘chmanchi va o‘troq tamaddunlar hamda madaniy merosga bo‘lgan hurmat birlashtiradi. “Buyuk Ipak yo‘li” nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yo‘l bo‘lgan. U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi” - deydi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
Shuningdek, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Mo‘g‘ulistonning Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vaziri Undram Chinbat o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
"Bugun biz tarixiy ahamiyatga ega voqeaning guvohi bo‘lmoqdamiz. Ilk bor Mo‘g‘ulistonda “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazilmoqda. Bu muhim voqea ikki davlat rahbarlarining do‘stona va yaqin hamkorligining samarasidir. Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish yo‘lida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, o‘xshash qadriyatlar, san’at va ma’naviyatga bo‘lgan hurmatimizni yanada kuchaytiradi. Shu o‘rinda ta’lim sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratishni istayman. Mo‘g‘ulistonlik san’atkorlar o‘z vaqtida O‘zbekistonda ta’lim olgan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri bu yo‘nalishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilgan. Mashhur Mo‘g‘uliston xalq artistlari — Ochirjansangiyn Ganbaatar, Dorjiyn Altantuyaa kabi ijodkorlar aynan shu yerda o‘z mahoratlarini oshirgan" - dedi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov uchrashuv davomida.
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston — boy tarix va madaniyatga ega davlatlardir. Bizni buyuk tarixiy shaxslar, “Buyuk Ipak yo‘li”, ko‘chmanchi va o‘troq tamaddunlar hamda madaniy merosga bo‘lgan hurmat birlashtiradi. “Buyuk Ipak yo‘li” nafaqat iqtisodiy, balki madaniy almashinuv uchun ham muhim yo‘l bo‘lgan. U xalqlarimizni yaqinlashtirdi, madaniy tajriba almashishga imkoniyat yaratdi.
Mo‘g‘uliston Milliy opera va balet teatrida “O‘zbekiston madaniyati kunlari” doirasida o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir madaniy aloqalarni mustahkamlash, xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tushunishni chuqurlashtirish yo‘lida katta ahamiyatga ega. U umumiy tarix, o‘xshash qadriyatlar, san’at va ma’naviyatga bo‘lgan hurmatimizni yanada kuchaytirdi.
