O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Telba” spektakli sahnalashtirildi
2025-06-25 10:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Telba” spektakli sahnalashtirildi.
Taniqli fransuz yozuvchisi Jan Kokto asari motivlaridan foydalangan holda, “Bir aktyor teatri” uslubi asosida yaratilgan sahna asarida Lyumer ismli xayolparast bir kimsaning yolg‘izlikka mahkum hayoti aks etgan.
Inssenirovka muallifi va postanovkachi rejissyor Shuhrat Ibragimov, rassom Sardor Atabayev, musiqa tanlovchi Bahodir Zokirov, videografist Yevgeniya Biserova. Lyumer rolida Baxtiyor Turg‘unov.
“Telba” spektaklida murakkab dekoratsiyalar, tasavvurga boy sahnalar, yorqin detal va rekvizitlardan mohirona foydalanilgan.
Spektaklning premyera oldi namoyishi o‘tkazildi. Teatrning yangi mavsumida kuz faslida katta premyera bo‘lib o‘tadi.



