Namanganning bolalar musiqa va san’at maktablaridan birida “Dolzarb 90 kun” doirasida rassomlar festivali o‘tkazildi
2025-06-20 12:05:00 / Yangiliklar

Xabaringiz bor, ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha Namangan shahri Kamoliddin Rahimov nomidagi 11-son Bolalar musiqa va san’at maktabi hamda hududdagi Kurashxona va Nurafshon mahallalari hamkorligida rassomlar festivali o‘tkazildi.
Festivaldan ko‘zlangan maqsad:
O‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
Tasviriy san’at orqali ekologik muammolarga befarq bo‘lmagan, ijtimoiy mas’uliyatli shaxsni tarbiyalash;
Yashil g‘oyalarni badiiy til orqali ifodalash imkonini berish;
Iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni rag‘batlantirish;
Maktab–mahalla–ota-ona hamkorligini mustahkamlash.
Festivalda 7 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 50 dan ortiq o‘quvchi va mahalladagi yosh iqtidor egalari o‘z ijodiy ishlarini namoyish etdilar.
Hay’at a’zolari tomonidan eng yaxshi g‘oya va ijodiy ishlanmalar baholanib, 20 nafar ishtirokchi 1-, 2-, 3-o‘rin diplomlari, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar!
Festivalda san’at orqali tabiatni asrash g‘oyasini targ‘ib qilish asosiy kun tartibidagi mavzu bo‘ldi.



