E'LON: Mukofot jamg‘armasi $1 000 000 bo‘lgan “President Tech Award” tanlovi boshlandi!
2025-06-19 09:30:00 / Tanlovlar va tenderlar

“President Tech Award” tanlovi bu sizning bilim va tajribangizni namoyish etish, qolaversa, innovatsion IT yechimlar va loyihalaringizni amalga oshirish uchun qulay imkoniyatdir.
Tanlov yo‘nalishlari:
Sun’iy intellekt texnologiyalari;
Ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
Axborot va kiber xavfsizlik texnologiyalari;
Tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
Kompyuter va mobil o‘yin dasturlari;
Maxsus yo‘nalish – Hakaton.
Tanlovda qatnashing, o‘z startapingizni taqdim etib, moliyalashtirish imkoniyatiga ega bo‘ling!
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: https://awards.gov.uz/login
