Madaniyat vazirligi tizimida qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda muhokama bo‘lib o‘tdi
2025-06-12 21:00:00 / Yangiliklar
Bugun, 12-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida” Qonuni va madaniy ta’lim sohasiga oid hamda sohaviy qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan tanqidiy ruhda muhokama o‘tkazildi.
Unda, madaniy ta’lim sohasida huquqni qo‘llash amaliyotiga alohida e’tibor qaratish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga, hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda xodimlarning huquqiy bilim va huquqiy ongini yanada oshirishga qaratilgan qonunchilik hujjatlarining mazmun mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, barcha xodimlarning shaxsiy mas’uliyati oshirildi.
