Diqqat e'lon!!!
2024-02-15 18:30:00 / Yangiliklar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI MADANIYATSHUNOSLIK VA NOMODDIY MADANIY MEROS ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “O‘ZBEKISTONDA NOMODDIY MADANIY MEROS MUHOFAZASI VA TARGʻIBOTI” mavzuidagi ilmiy-amaliy konferensiya axborot xati
Madaniyatshunoslik va nomoddiy madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda nomoddiy madaniy meros muhofazasi va targ‘iboti” mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazadi.
Konferensiya nomoddiy madaniy meros muhofazasi va targ‘ibotiga oid nazariy va amaliy masalalar muhokamasiga bag‘ishlanadi. Xususan:
- Nomoddiy madaniy meros sohasidagi tushuncha va atamalar;
- Nomoddiy madaniy meros turlari va tasnifoti;
- O‘zbekistonda nomoddiy madaniy meros sohasidagi davlat siyosati;
- O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosning huquqiy holati;
- O‘zbekistonda ob’yektlarni nomoddiy madaniy merosga kiritish mezonlari, tizim va shakllari;
- O‘zbekistonda nomoddiy madaniy merosni saqlash va undan foydalanish tizimlari;
- YUNESKOning madaniy strategiyasidagi nomoddiy madaniy meros;
- Folklor va xalq og‘zaki ijodiyoti nomoddiy madaniy meros ob’yektlari sifatida;
- Etnomadaniy meros;
- Toponimiya nomoddiy madaniy meros ob’yekti sifatida;
- Oshpazlik merosi;
- Urfiy texnologiyalar va badiiy xalq hunarmandchiligi nomoddiy madaniy meros ob’yektlari sifatida;
- Nomoddiy madaniy merosni muzeylashtirish: taqdimot shakllari va tizimlari.
Konferensiya o‘tkazilish joyi: O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi.
Konferensiya ishchi tillari: o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz.
Maqolalar 8 betgacha hajmda, uch tildagi annotatsiyasi, kamida 5ta >5 Mb hajmli fotoillyustratsiyalari bilan elektron formatda @intangibleUz Telegram manziliga jo‘natilishi lozim. Iqtiboslar va havolalar maqolaning oxirida keltiriladi
Muallifning qisqacha ijodiy tarjimai holi (ilmiy izlanishlar doirasi, amalga oshirgan ishlari, ilmiy darajasi va unvoni, ish joyining to‘liq nomi, kontaktlari, elektron manzili; <100 so‘z) elektron fotosurati (>5 Mb fayl shaklida) bilan birga ilova qilinadi.
Tahrirsiz ilmiy maqolalar konferensiya materiallari to‘plamiga kiritilmaydi.
Taqdim etish muddati 2024 yilning 1 martigacha. Kechiktirilgan va talabga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.
Murojaat uchun:
+998 33 970 05 05 – Islombek Urinov, Telegram: @intangibleUz